«reklama to‘g‘risidagi qonun» tegli maqolalar


Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi
21 noyabr 2024, 11:16

Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi internetda og‘ir kasalliklarni samarali davolaydi deya targ‘ib qilinadigan biologik faol qo‘shimchalar, malham, damlama, suv reklamalarining noto‘g‘ri talqinidan ogohlantirdi. Tashkilot reklamaga ishonib olgan mahsulotining foydasini sezmagan fuqarolardan murojaatlar tushayotganini ham eslatdi.

Universalbank ham reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi
30 avgust 2024, 23:19

Universalbank ham reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi xizmatlarini reklama qilishda qonunchilik talablarini buzgani uchun Universalbank’ni jarimaga tortdi. Bu “Reklama to‘g‘risida"gi qonunni buzayotgan 2 oy ichidagi 5-bank.

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi talablariga rioya qilishni so‘rab telekanallarga xat yubordi
13 avgust 2024, 22:33

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi talablariga rioya qilishni so‘rab telekanallarga xat yubordi

Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda OAVda reklama tarqatishda “qonunchilik talablari buzilishi” fonida barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Qo‘mita ulardan bir oy ichida reklama faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘rab, aks holda moliyaviy sanksiyalar qo‘llashdan ogohlantirdi.

Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi
3 iyul 2024, 20:55 1

Ozodbek Nazarbekov ishtirokidagi reklama roligi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi — Raqobat qo‘mitasi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mahalliy kiyim brendini reklama qilgani yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi, dedi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi. Jamoatchilik vazirning reklama roligidagi ishtirokini qonunbuzilish holati sifatida baholamoqda.

«Reklama to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Asosiy tartib va cheklovlar
9 sentabr 2022, 09:34

«Reklama to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Asosiy tartib va cheklovlar

9 sentabrdan «Reklama to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, bir qancha yangi tartib va cheklovlar o‘rnatilmoqda. Xususan, endi reklamaning o‘zi davlat tilida tarqatilishi shart. Qolaversa, milliy va oilaviy an’analarga zid obrazlar, mashhurlar va tibbiyot xodimlari siymosidan foydalanish taqiqlanadi.

Reklama to‘g‘risidagi qonun bilan reklama tiliga yangi talablar o‘rnatilmoqda
9 iyun 2022, 15:51

Reklama to‘g‘risidagi qonun bilan reklama tiliga yangi talablar o‘rnatilmoqda

Prezident tomonidan imzolangan «Reklama to‘g‘risida»gi yangi qonun uch oydan keyin kuchga kiradi. Hujjat bilan reklama tiliga, shuningdek, uning mazmunini boshqa tillarga tarjima qilishga nisbatan yangi talablar belgilab berilmoqda.

Reklamada milliy va oilaviy an’analarga zid bo‘lgan obrazlardan foydalanish taqiqlandi
9 iyun 2022, 10:39

Reklamada milliy va oilaviy an’analarga zid bo‘lgan obrazlardan foydalanish taqiqlandi

Prezident “Reklama to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, darsliklar va daftarlarda reklama bo‘lishi, milliy va oilaviy an’analarga zid obrazlardan, mashhurlar va tibbiyot xodimlari siymosidan foydalanish, tovar narxlarini valyutada ko‘rsatish taqiqlanadi. Qolaversa, reklamalarda yosh tasnifi ko‘rsatiladi.

Dori vositalarini mashhurlar va tibbiyot xodimlari reklama qilishi taqiqlanishi kutilmoqda
10 fevral 2022, 12:21

Dori vositalarini mashhurlar va tibbiyot xodimlari reklama qilishi taqiqlanishi kutilmoqda

Yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, dori vositalarini taniqli shaxslar va tibbiyot xodimlari reklama qilishi, qolaversa, olimlarning tavsiyalari, alohida shaxslarning minnatdorchiligi, dori ta’siri haqida fikrlaridan foydalanish taqiqlanishi kutilmoqda. Shuningdek, telekanallarda 10 daqiqadan kam bo‘lgan ko‘rsatuvlar orasida reklama berishga yo‘l qo‘yilmasligi mumkin. Hujjat senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

«Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasi biznes-ombudsman bilan kelishilmagan
8 iyul 2021, 17:34

«Reklama to‘g‘risida"gi qonun loyihasi biznes-ombudsman bilan kelishilmagan

Biznes-ombudsman «Reklama to‘g‘risida"gi qonun loyihasi kelishish uchun taqdim etilmaganini ma’lum qildi. Qonun loyihasi tarkibida shakar, tuz va yog‘ yuqori bo‘lgan mahsulotlar reklamasiga cheklovlarni ko‘zda tutmoqda, biroq hujjat ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda. Ilhom Abdullayev 1998 yildan buyon qonunga tahririy tusdagi yoki har safar reklama bozorini cheklagan 15 ta tuzatish kiritilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting